avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

“Mening bobom, buvim - mahallamiz faxri”

Танловлар
Mening bobom, buvim mahallamiz fahri
Reja
1. Keksalari ulug’langan yurt
2. Nuroniylarimiz bizning faxrimiz
3. Keksalarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risidagi davlat dasturi
4. Keksalarga hurmat va ehtirom ko’rsatish ham qarz, ham farzdir

Qarisi bor uyning parisi bordir,
Fayz qut baraka barisi bordir.
Yalpizning bo’ylari gul isi bordir,
Qarisi bor uyning parisi bordir.
Xonadonda barcha yashagan ahil,
O’rtada mehr bor yo’q zarra qahr.
Farzandlar boshidan mehribon oqil,
Qarisi bor uyning parisi bordir.

O’tgan umridan rozi avlodlari go’zal hayoti uchun munosib xissa qo’sha olgan insonlargina o’zlarini baxtli hisoblashi mumkin. Shuning zamirida bu yili “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi. Chunki Keksalar e’zozidagi yurt ning ertasi bordir. O’zbekistonda har bir yoshi ulug’ inson doimo farzandlar, el yurt ardog’ida tinchlik va farovonlikda yashaydi. Chunki Keksa yoshi ulug’ insonlarimiz bizning tengsiz hazinamiz zeroki unday umriboqiy topilmas bebaho hazinamiz ardog’imizdadur. Qush uyida ko’rganini qiladi degan fikr bejiz emas hozir biz buva-yu, buvijonlarimizni asrab avaylasak kuni kulib biz ham huddi shunday ardog’ida bo’lamiz. Ularga atab qurilgan kasalxonalar. Dam olish maskanlari-yu xotira maskalari ham buning dalilidir.
Qay bir uyda yoshi ulug’ inson bor ekan o’sha xonadon fayzli tarovatli va tinch-osoyishta bo’ladi. “Qarisi bor uyning pari bor” chunki qadimda ota bobolarimizning pand nasihatlari-yu ibratli so’zlari bizni yaxshilikka elparvarlikka, insoniylik hislatlari mujassam bo’ladi. Ularning borligi uyimizning barakasidir. Ahir aytishadiku “Qarisi bor uyning pari bor” shu birgina so’zning o’zida ham olam-olam ma’no bor. Ularning ko’zlaridagi faxr va xursandchilik tuyg’ularini ko’rib turish ham baxt demakdir. Ayniqsa mahallada bo’ladigan tadbirlarda xonadon to’rida savlat to’kib o’tirgan, to’y boshida duoga qo’l ochgan buvayu buvijonlarimizni ko’rganda qalbdagi mehr tuyg’usi yanada yuksaladi. Shu nuroniy qatorida mening ham buvijonim bor. U kishi yaqinda 74 yoshni qarshilagan bo’lsalarda tetik bardam va hamon mehnatkash inson. Mening buvajonim mahallamizning faxri. Chunki buvajonim mahallamizdagi eng yoshi ulug’ inson. Mahallamizda bo’ladigan to’y marosimlar u kishisiz o’tmaydi. Mahalladagi 7 yoshdan 7 yoshgacha har bir inson u kishini o’zgacha hurmat qiladi. Kerakli ishlarda doim maslahat olgani keladi. Buvim ham buvamga hamroh bizning tarbiyamizda ham ular juda katta namuna va hayotning bir katta maktabidir.
Sendan olam emas, so’radim mehr,
Otajon desan gar quvonib ketar.
Senda o’zingdan ko’pdir haqqi bor ahir,
Bir bor mehring tafti shuni o’zi yetar.

Onang ko’zlaridan oqqan yoshlarga,
Rahming kelmaydimi bag’ri tosh dilband.
Seni duo qilib mehr kutganda,
Bor mehring ber bo’lgin chin farzand.

Yoshi ulug’ isnonlarga ehtirom va g’amho’rlik ko’rsatish jamiyat ma’naviyati hamda madaniyati nechog’li yuqori darajada ekanini namoyon etadigan ko’rsatkichdir, — deya yozadi muallif. – O’zbek xalqi bunday yuksak axloqiy sifatlarga necha-necha asrlardan buyon og’ishmay amal qilib keladi. Keksa avlod vakillarini e’zozlash mamlakat mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlaboq davlat siyosatodagi ustuvor yo’nalishlardan biri ekani esa bu fikrni yanada yaqqol tasdiqlaydi. Izchil iqtisodiy taraqqiyot aholi, jumladan, keksa avlod vakillarining hayot darajasi muttasil oshib borishini ta’minlanmoqda. Urush va mehnat fronti faxriylariga bepul tibbiy xizmat ko’rsatilishi, ularning sanatoriy-sog’lomlashtirish muassasalarida davolanishi, boshqa zarur vositalar bilan ta’minlanishi ham davlat rahbariyatining doimiy e’tiboridadir. 2015-yilning 18-fevralida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi bu ezgu ishlar ro’yobida dasturilamal bo’lmoqda.
Deydilar, dunyoning doim bir kam,
Yaxshilik qilish ham osonmas biroq.
Mening nazarimda, yaxshilikdan ham,
Uning qadrin bilmoq mingbor yaxshiroq.
Keksalarga hurmat va ehtirom, mehr-oqibat ko’rsatish ma’naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Qariyalar nafaqat Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, balki hamisha davlatimiz rahbari, hukumatimiz va biz yoshlarning cheksiz g’amxo’rligidan bahramadn bo’lib yashashmoqda. Keksalarni e’zozlash yilida bu e’tibor yanada kuchaydi. O’zbekistondek jannatmakon diyorda tug’ilib, bag’ri keng va mehri daryo insonlar orasida yashayotgan nuroniylarimiz bundan benihoya mamnun. Yurtimizda tinchlik osoyishtalik doimo barqaror bo’lsin va xalqimiz farovonligi yanada yuksalaversin degan so’zlarni bot-bot takrorlaydigan yoshi ulug’ keksalarimiz doimo bizning e’tiborimiz markazida. Har bir yoshi ulug’ inson bor ekan bu e’tiborning shirin so’zning gadosi bo’ladi. CHunki yoshi ulug’ insonlar hayotning past-u balandini, og’ir va yengil sinovlarini boshidan o’tkazib qilgan mehnatlarining rohatini ko’radigan bir vaqtda farzandlaru nabiralar davrasida hurmat e’tiborida ularning kamolini, baxtli kunlarida birga bo’lib o’tkazadigan vaqt. Ularning xizmatlarida bo’lib oq fotiha-yu duolarini olish ham sharafli ma’suliyatdir. Bir so’z bilan aytganda oqil, dono donishmadnlarni uzoqdan qidirmang chin donishmand va tarbiya o’chog’i bo’lgan nuroniylarimizni qadriga yetib e’zoz aylaylik. Ularga har doim qo’limi ko’ksimizda ta’zimdamiz.
Otajon,onajon...
Ming bor uzr, qaddingizni bukkanmiz biroz,
Har birimiz sochingizga tushgan bitta oq.
Bitta ajin, ko’nglingizni ranjitganimiz rost,
Lek baribir yurak toza, qalbingiz oppoq.

Belingizga bugun quvvat, ko’zga nur bo’lib,
Sochingizga tushgan har bir oqlardan so’roq.
Yuzlardagi ajinlarni tarqatmoq bo’lib,
Ta’zim qilib, bosh egamiz niyatlra oppoq.

Nabiralar qurshovida bo’ling bir umr,
Biz farzandlar tegrangizda girdikapalak.
Qutlug’ yoshingizga yana qo’shilsin umr,
Yaratganning panohida asrasin falak.

Qarshi shahar 2-umumiy o'rta ta'lim maktabi